Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakultetida institut rektori bilan o’tkazilgan “Ochiq muloqot”

2019 yil 13 fevral kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti talabalari ishtirokida institut rektori bilan “Ochiq muloqot”o’tkazildi. Yig’ilishda institut rektori X.Aminov, institut Yoshlar ittifoqi BT etakchisi A.Temirov, Tasviriy san’at fakulteti dekani A.Yusupov, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari S.Rasulmuxamedova, fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

“Ochiq muloqot” kun tartibida turli masalalar, xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasini mazmun mohiyatini talabalarga tushuntirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar. 2018-2019 o’quv yili kuzgi semestr yakunlari kabi masalalar muhokama qilindi. Yig’ilishni institut Yoshlar ittifoqi BT etakchisi A.Temirov kirish so’zi bilan ochib berib, bugungi yig’ilish kun tartibi bilan tanshitirib o’tdi.

Kun tartibi bo’yicha A.Temirov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasini mazmun mohiyati bo’yicha ma’ruza qildi. Institut rektori X.Aminov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo’yicha talabalarga bandma band tushuntirib o’tdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berib o’tdi. 2018-2019 o’quv yilining kuzgi semestr yakunlari bo’yicha fikr-mulohazalar bildirib o’tdi. Shuningdek, institut rektori talabalarni qiziqtirgan turli savollarga javoblar berib, o’z tavsiyalarini berdi.

Yig’ilish doirasida fakultet dekani A.Yusupov so’zga chiqib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdi. Ochiq muloqot jonli davra suhbati shaklida o’tib, talabalar o’zlarini qiziqtirgan masalalar bo’yicha to’liq ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Тасвирий санъат факультети
Ёшлар билан ишлаш бўйича
декан ўринбосари С.Расульмухамедова