San'atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti

Fakultet dekani: Umarov Abduxamid Sattarovich
Qabul kunlari: dushanba, chorshanba,
shanba kunlari, soat 15.00 – 17.00 gacha.
Telefon raqami: +998-90-178-04-30
FAKULTET HAQIDA
San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil to‘g‘risida”gi qarori asosida “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Fakultet san’atshunos va muzeyshunos mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan. Hozirgi kunda fakultetga 2 ta mutaxassis tayyorlovchi kafedralar mavjud.
Fakultetda uzoq yillar san’atshunos Sh.S.G’ulomova, keyinchalik filologiya fanlari nomzodi G.Qarshiyeva, filologiya fanlari doktori L.R.Raupova, san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) B.Sangirovlar fakultet dekani sifatida faoliyat olib borgan. Fakultet tarkibidagi kafedralarda asosiy shtatda va o’rindoshlik asosida jami 53 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor A.Hakimov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor N.R.Ahmedova, san’atshunoslik fanlari doktori K.B.Akilova, san’atshunoslik fanlari doktori D.M.Qodirova, me’morlik fanlari doktori M.Yusupova, tarix fanlari doktori J.Ismoilova, shuningdek falsafa fanlari doktori U.Qoraboyev, san’atshunoslik fanlari nomzodlari Z.Raximova, R.Fatxullayev, I.Abdurahmonov, tarix fanlari nomzodlari D.Kuryazova, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) M.Muxamedova, san’atshunoslik fanlari doktori (PhD) N.Kultasheva, san’atshunoslik fanlari doktori (PhD) D.Alimqulova va boshqalar talabalarga saboq beradilar. 2021-yil 27-avgustdan e’tiboran fakultet San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti deb nomlana boshlandi.