MUZEYSHUNOSLIK KAFEDRASI

MUZEYSHUNOSLIK KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Nishanova Kamola Solijonovna

Kafedraning telefon raqami: 254-64-68

Kafedra mudirining qabul kunlari: Dushanba, chorshanba, juma

Muzeyshunoslik kafedrasi tarixi.

Muzeyshunoslik kafedrasi 2001 yildan boshlab faoliyat ko’rsata boshlagan. 1991 yili “Muzeyshunoslik; konservatsiya va badiiy boyliklarni saqlash” bo’limi tashkil etilgan. Kafedra mudiri lavozimida s.f.n., dots. Ravshan Fatxullaev, s.f.n., dots. Bobojonova Gulsara Ibragimovna, dotsent Kagarova Umida Nabievna, t.f.n. D.T.Kuryazova faoliyat yuritganlar, bugungi kunda esa K.S.Nishanovalar ishlab kelmoqda. 1999 yili muzeyshunoslik yo’nalishi bo’yicha magistratura ochildi. 2008-2009 yillar mobaynida Muzeyshunoslik kafedrasida dars o’tish uchun nufuzli olimlardan tarix fanlari doktori Jannat Hamidovna Ismoilova, me’morlik doktori Mavlyuda Aminjanovna Yusupova, san’atshunoslik nomzodi, professor Zuhra Ibragimovna Rahimova va boshqalar taklif etilgan.

Shuningdek, mazkur kafedrada tarixchi, muzeyshunoslardan katta o’qituvchi Baxtiyor Raxmatullaevich Xodjaev, dotsent Munisa Sobirovna Muxamedova, katta o’qituvchilar Charos Xoshimovna Ganieva, Qosimova Shahnoza Alisherovnalar hamda, 17.00.07 – Muzeyshunoslik; tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan t.f.n. Kuryazova Darmon Turaevna faoliyat yuritmoqdalar. O’rindoshlik asosida o’qituvchilar G.Orifjonova hamda O.Aripdjanovlar faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedrada o’tiladigan fanlar ro’yxati:

Bakalavr bosqichida: 

“Me’morchilik asoslari”,
“Arxeologiya”,
“Yodgorliklarni saqlash konservatsiya, restavratsiya qilish asoslari”,
“Muzeyshunoslik”,
“Manbashunoslik”,
“Fizika-kimyoviy ekspertiza”,
“Arxiv ishi asoslari”,
“Tasviriy san’atning umumiy tarixi”,
“Fotografiya”, “Rangtasvir texnika va texnologiyasi”,
“O’zbekiston me’morchiligi tarixi” fanlari o’tiladi.

Magistratura bosqichida:


“Markaziy Osiyo me’morchiligi”,
“Zamonaviy jahon muzeyshunosligi”,
“Muzey predmetlari atributsiyasi va ekspertizasi”,
“Ko’rgazma tayyorlash asoslari”,
“Jahon muzeylari”,
“Zamonaviy badiiy jarayonlar kontseptsiyasi”

IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

INFORMATIKA VA MENEJMENT KAFEDRASI

TASVIRIY SAN'AT TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI

MUZEYSHUNOSLIK KAFEDRASI

TILLAR VA ADABIYOTLAR KAFEDRASI