TASVIRIY SAN’AT TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI

TASVIRIY SAN’AT TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI

Kafedra 1964-1965 o’quv yillarida sobiq Ostrovskiy nomidagi Teatr va rassomlik instituti tarkibida tashkil topgan. Dastlabki yillarda-akademiklardan G.A.Pugachenkova, R.X.Toqtosh, professorlardan L.I.Rempel, E.V.Rtveladze, A.R.Umarov kabi Respublikamizning etuk san’atshunoslari talabalarga san’at tarixi va nazariyasi fanidan saboq bergan. Keyinchalik ularning safiga prof. L.V.Shostko, dots., s.f.n. B.Turg’unov, prof., s.f.d. A.A.Xakimov kabi olimlar kelib qo’shildi. Kafedrada sezilarli o’zgarishlar 1997 yildan – Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etilgandan keyin boshlandi. Bu davrda san’atshunoslardan s.f.n. N.Oydinov, s.f.n. N.Abdullaev, s.f.d. N.Axmedova, s.f.d. K.Akilovalar faoliyat ko’rsatishdi.

Kafedrada 5150200-san’atshunoslik (turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotli bakalavr va magistratura bosqichida 5A150203 san’at nazariyasi va tarixi (turlari bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha san’atshunos-tanqidchilar tayyorlanadi. Bakalavriat bosqichida talabalar milliy va jahon tasviriy va amaliy san’ati hamda boshqa san’at turlarini rivojlanishini, tajribasini, hozirgi jamiyatdagi mavqeini o’rganish va o’zlashtirishga yo’naltiriladi. Dunyoqarash xarakteridagi tizimli bilimga ega bo’lishiga alohida e’tibor beriladi. San’at tarixi va nazariyasi bo’yicha spetsifik bilimlar tizimi bosqichma – bosqich o’rgatilib boriladi.

Magistratura
Kafedrada 5A150203-San’at nazariyasi va tarixi (turlari bo’yicha) oliy ma’lumotli magistr darajasidagi mutaxassislar tayyorlanadi. Kasbiy faoliyat sohalari; badiiy madaniyat va san’at markazlari, tasviriy san’at galereyalari, ko’rgazma zallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, madaniy-ma’rifiy muassasalar, nashriyotlarning badiiy tahririyatlari, radio va televidenie sohalari uchun san’atshunos-tanqidchilar tayyorlanadi. Ular hayotiy faoliyatlarida badiiy tanqidchilik, ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik faoliyat bilan ham shug’ullanadilar.

Kafedrada quyidagi fanlar o’tiladi: Bakalavriat
Qadimgi dunyo san’ati tarixi
Umumsan’at tarixi
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi san’ati tarixi (RTS)*
Sharq san’ati tarixi
O’zbekiston san’at tarixi
Amaliy bezak san’ati tarixi
O’zbek xalq amaliy san’ati tarixi
Taqriz va tahrir
Badiiy tanqid tarixi va nazariyasi
Sharq kitoboti va miniatyurasi Teatr, kino va musiqa san’ati
Tasviriy san’atda afsona va rivoyatlar
Tasviriy san’atda badiiy maktablar
Sharq afsona va rivoyatlari
Kostyum tarixi
San’atshunoslik asoslari
Notiqlik san’ati
Xalqaro munosabatlar va madaniy aloqalar
Haykaltaroshlik tarixi

Magistratura
Markaziy Osiyo tasviriy san’ati tarixi
Jahon badiiy jarayonlarining nazariyasi va amaliyoti
Ilmiy tadqiqot usullari va ularning tahlili
Zamonaviy jahon san’atshunosligi va uning dolzarb masalalari
Zamonaviy jahon tasviriy san’atining badiiy oqimlari XX asr
Markaziy Osiyo amaliy san’ati tarixi
Fotosan’ati tarixi
Tasviriy san’at evolyutsion jarayoni kontseptsiyalari
Mutaxassislikni o’qitish metodikasi
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi

IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

INFORMATIKA VA MENEJMENT KAFEDRASI

TASVIRIY SAN'AT TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI

MUZEYSHUNOSLIK KAFEDRASI

TILLAR VA ADABIYOTLAR KAFEDRASI