Kafedra haqida
1991-yilda A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti deb qayta nomlandi. 1997-yilda mazkur institut tarkibidan rassomlik va dizayn yo‘nalishlari ajratilib, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etildi. 1999-yilda esa “Arxitektura dekorlarini ta’mirlash va interyerni loyihalash” kafedrasi negizida ikkita mustaqil kafedra — “Dizayn” hamda “Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash” kafedralari tashkil etildi. 2019-yilda “Dizayn” kafedrasi negizida “Dizayn: sanoat dizayni” ta’lim yo‘nalishi ochildi.
Kafedraning asosiy maqsadi — zamonaviy dizayn uslublari hamda milliy va jahon dizayn tajribalarini uyg‘unlashtirgan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Shu maqsadda talabalarga dizaynning zamonaviy yo‘nalishlari amaliy misollar asosida o‘rgatiladi, turli loyihalar bilan ishlash orqali loyihalash ko‘nikmalari shakllantiriladi hamda grafik, 3D va raqamli dasturlardan samarali foydalanish malakalari rivojlantiriladi. Shuningdek, kafedra talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish, dizayn yechimlarini ishlab chiqish, estetik didni shakllantirish va topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan.
Kafedrada quyidagi asosiy fanlar o‘qitiladi: loyihalash asoslari, interyerni loyihalash, sanoat mahsulotlarini loyihalash, kompozitsiya va rangshunoslik, materialshunoslik, arxitektura va dizayn grafikasi, eksteryer va interyer perspektivasi, arxitektura va interyer tarixi, dizayn nazariyasi va metodologiyasi, qurilish konstruksiyalari, ergonomika, arxitekturaviy loyihalash, dizayn obyektlarini Autodesk dasturlarida loyihalash, BIM texnologiyalari asoslari, badiiy konstruksiyalash, maketlash, muhit dizayni, interyer va eksteryer vizualizatsiyasi, bionika va parametrik dizayn, muhandislik va dizayn loyihasi, modellash va prototiplash, binolarni muhandislik jihozlash hamda smeta.
Kafedra mudiri
MANNAPOVA NILUFAR ROVSHANOVNA
Darajasiz
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Ilmiy unvoni:Dotsent
Qabul kunlari:Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00
Telefon raqami: (+99893) 579-96-74
Email: nilufarmannopova123@gmail.com
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mironshoh ko’chasi, 123-uy
O'qituvchilar
Kafedrada 27 nafar malakali o'qituvchi faoliyat yuritadi
ISLAMOV ULUGBEK FERUZ O‘G‘LI
Dizayn
SAIDYUSUPOVA MAFTUNA FARXOD QIZI
Dizayn ( interyerni loyihalash )
ZIYAYEV ABDUMANNOP ABDURAXIMOVICH
Arxitektor
YULDASHEVA RISOLATXON QOBUL QIZI
Interer va landshaft dizayneri
IBRAGIMOV SHAVKAT JOVLI O‘G‘LI
Архитектор
IKRAMOV SHOVKAT RUSTAMOVICH
SHAUMAROVA DILNOZA ABDUXABIROVNA
Interyerni loyihalash
GADAYEVA SHAXZODAXON BAXROM QIZI
Dizayn
DUSATOVA NIGORA RUSTAMOVNA
Interyerni loyixalash
MAXKAMOV JAXONGIR SAGDULLAYEVICH
Interyerni loyihalash
SULTANOVA MUXAYYO FAXRIDDIN QIZI
Dizayn (landshaft0
ISAKOVA MUQADDAS BADIROVNA
Arxitektor
RAZIKBERDIYEV MURTAZA ISMAYLDJANOVICH
Arxitektor
MANNAPOVA NILUFAR ROVSHANOVNA
Interyerni loyihalash
RASULOV ALISHER ADHAMJON O‘G‘LI
Interyerni loyihalovchi dizayner Rassom-ko nstruktor
VALIJANOV TOIRJON MUXSIMJONOVICH
Sanoat dizayni
TUROBOVA KOMILA NAJMIDDIN QIZI
Dizayn( turlari bo'yicha)
KASIMOV OYBEK SADIKJANOVICH
Interyerni loyihalash musavviri
MAMATMUSAYEV TOXIR SHAYDULOVICH
Arxitektura nazaryasi va tarixi arxitektura yodgorliklarini tiklash
TURSUNOVA SHAXNOZA FURKATOVNA
Dizayn
XODJAYEV ABBAS AGZAMOVICH
Sanoat va fuqaro qurilishi
FATTAXOV ODIL KADIROVICH
Arxitektor
ABDUKARIMOV BEGALI ABDALIYEVICH
Interyerni loyihalash
MANSUROV YASHNAR XXX
Arxitektor
SAIPOVA DILNOZA SHAKASIMOVNA
Interyerni loyihalash
TABIBOV ABDUVARIS LATIFOVICH
Arxitektor
MAXMUDOVA MALIKA XXX
Arxitektor
Ilmiy faoliyat
Kafedrada olib borilayotgan tadqiqot ishlari va loyihalar
Xalqaro hamkorlik
Kafedra xalqaro hamkorlik dasturlari va sherik Institutlar