TANLOVLAR VA LOYIHALAR
Talaba-yoshlarning iqtidorini namoyon etish maqsadida institutda muntazam ravishda rassomlik, dizayn va amaliy san’at yo‘nalishlarida turli tanlovlar tashkil etiladi.
Shuningdek, institut miqyosida “Eng faol talaba”, “Eng yaxshi maqola”, “Bir oyda uch kitob” kabi ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi. Talabalar respublika miqyosidagi “Yil talabasi”, “Talabalar teatr studiyalari”, “Ma’rifat maydoni”, “Zakovat” intellektual o‘yini kabi tanlovlarda, shuningdek, “Ilhom”, “Zulfiya”, “Mard o‘g‘lon” kabi davlat mukofotlari uchun tashkil etiladigan tanlovlarda ham faol ishtirok etadilar.
Talabalar uchun muntazam ravishda master-klasslar, mashhur rassom va dizaynerlar hamda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
IMTIYOZLAR VA RAG‘BATLANTIRISH
Faol va iqtidorli talabalar uchun quyidagi rag‘batlantirish tizimi joriy etilgan:
–nomdor stipendiyalar va grantlar;
–respublika va institut miqyosidagi tanlovlar g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirish;
–madaniy-ma’rifiy ekskursiyalar tashkil etish.
YOSHLAR BILAN ISHLASH VA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH
Talabalar bilan ishlash tizimi ularning muammolarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan.
Bu yo‘nalishda:
–psixologik maslahat va treninglar tashkil etiladi;
–Yoshlar ittifoqi orqali talabalar bilan doimiy muloqot yo‘lga qo‘yiladi;
–“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” kabi ochiq muloqotlar orqali muammolar joyida hal etiladi.
MA’NAVIY–MA’RIFIY TADBIRLAR
Talabalar o‘rtasida ma’naviy yuksalishni ta’minlash maqsadida:
–kitobxonlik targ‘iboti va adabiy kechalar;
–milliy qadriyatlar, tarixiy obidalar va urf-odatlarni o‘rganishga qaratilgan tadbirlar;
–muzeylar, tarixiy maskanlar va madaniyat markazlariga tashriflar;
–vatanparvarlik, ma’rifat va milliy qadriyatlarga bag‘ishlangan tadbirlar;
–mashhur san’at arboblari bilan uchrashuvlar, teatr tomoshalari va ijodiy muloqotlar tashkil etiladi.
TALABALAR UCHUN QO‘SHIMCHA IMKONIYATLAR
Talabalar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z iqtidorlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega:
–“Debat”, “Musiqa”, “Sport”, “Kitobxonlik”, “Dizayn” to‘garaklari;
–ijtimoiy loyihalar va volontyorlik faoliyati;
–startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash;
–sport musobaqalari: “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”, “Talabalar ligasi”, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Rektor kubogi”.
Talabalar “Yoshlar ittifoqi”, “Yoshlar klubi” va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etadilar.