Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2021-yildan boshlab Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens-Nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat olib bormoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi institutda faoliyat olib borayotgan har bitta xodim va professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar shu jumladan institutga kirib chiqadigan har-qanday shaxs bilan yaqindan suhbatlashib ular haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Korrupsiya bo‘limi institutda korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha barcha qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni yo‘lga qo‘yib muntazam ravishda professor-o‘qituvshilar va talaba yoshlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari olib boradi. Bundan maqsad oliygohda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyasiz ta’lim olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, pora olish, pora berish, sovg‘a salom va shunga o‘xshagan jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun va bularning oldini olishga qaratilgan vazifalarni juda qattiq nazorat qilib faoliyat olib boradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens-Nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi institutning B-korpusida 3-qavat 17-xonada faoliyat olib bormoqda, agar institutda har qanday vaziyatda korrupsion holatlarga to‘qnashib qolsangiz, yoki sezib qolsangiz, yoki sizdan har qanday shaxs ta’magirlik qilib biror narsa so‘raydigan bo‘lsa bizning bo‘limga darhol murojat qilishingizni so‘raymiz, albatda sizning shaxsingiz sir saqlanadi.
Murojat uchun:
Telegram: @mrdiantikorrupsiya_bot
Ishonch telfon: +998 97 738 32 12 / +998 94 621 68 21