Kafedra haqida
1961-yilda Tasviriy san’at fakulteti tarkibida “Kitob grafikasi” bo‘limi tashkil etildi. Uning shakllanishida Peking rassomchilik akademiyasida faoliyat yuritgan akademik Shirovskiy muhim rol o‘ynab, kafedraning ilk mudiri bo‘lgan.
1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etildi.
2005-yil 4-iyuldagi institut Ilmiy kengashi qaroriga asosan “Xattotlik va miniatyura” hamda “Kitob grafikasi” kafedralari birlashtirilib, “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi tashkil etildi. 2022-yilda ushbu kafedra “Grafika” hamda “Miniatyura va xattotlik” kafedralariga ajratildi. 2024-yilda esa ular yana birlashtirilib, “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi qayta tashkil etildi.
Kafedrada bakalavriat va magistratura bosqichlari mavjud bo‘lib, ta’lim jarayoni yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan davlat ta’lim standartlari asosida olib boriladi.
Kafedraning asosiy maqsadi — dastgohli va kitob grafikasi, xattotlik hamda miniatyura yo‘nalishlarida yuqori malakali rassomlarni tayyorlashdir. Ta’lim jarayonida Sharq va jahon badiiy an’analari asosida grafik, plakat va miniatyura san’ati rivojlantiriladi, badiiy asarlarning kompozitsion yechimi va g‘oyaviy ifodasi ustida ishlash ko‘nikmalari shakllantiriladi. Shuningdek, zamonaviy talablar asosida raqobatbardosh kitob va poligrafiya mahsulotlarini yaratishga qodir ijodkor mutaxassislar tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi: chizmatasvir, rangtasvir, rangshunoslik va kompozitsiya asoslari, grafika materialshunosligi, miniatyura materialshunosligi, grafika kompozitsiyasi, miniatyura kompozitsiyasi, grafika va miniatyura kompozitsiyasida badiiy yechim, kitob bezagining badiiy yechimi, grafika va miniatyura ashyolarida ishlash, grafikada an’anaviy uslublar, miniatyurada an’anaviy va zamonaviy uslublar, badiiy obrazning dinamik tasviri, badiiy muharrirlik uslubiyati, maketlashtirish, plakat san’ati, husnixat va xattotlik, eski o‘zbek yozuvi, kitobat san’ati, amaliy grafika, qo‘lyozmalarni o‘rganish, miniatyura san’ati tarixi hamda CG art.
Kafedra mudiri
UMMATOVA CHAROS ABDUXALIKOVNA
Darajasiz
Kafedra mudiri
O'qituvchilar
Kafedrada 24 nafar malakali o'qituvchi faoliyat yuritadi
RASHIDOV JAMSHID XUSAN O‘G‘LI
Dastgoh va kitob grafikasi
JO‘RABAYEV NAJATBEK LATIBJANOVICH
Multfilm va kompyuter multiplikasiyasi rassomi
RASULOV AKMAL RASHID O‘G‘LI
Grafika (Dastgoh va kitob grafikasi )
UMMATOVA CHAROS ABDUXALIKOVNA
Kitob grafikasi
XUSANOV NASIRDJON TUYCHIYEVICH
Grafikachi-rassom
KALBAYEVA MAFTUNAXON XUSANBOY QIZI
Grafika (xattotlik va miniatura)
NABIYEVA NOILA RAXIMJON QIZI
Miniatyra ua Xatotlik
XADJIMETOV BEXZOD BAXADIROVICH
Xattotlik va miniatura
ALIBAYEV ABDURASHID TOXIR O‘G‘LI
Monumental bezak san'ati
BASHAROVA LAYLA KUTLUKOVNA
Kitob bezatish va tasvirlash musavviri
SOLIYEV AZIZBEK MUXTARJONOVICH
Mahobatli rangtasvir
SAFI MARIYA ALEKSANDROVNA
Teatr rangtasvir bezagi rassomi
BAXRAMOV AKRAM ISLAMOVICH
Kitobni bezash va rasm ishlash
UMAROV ABDULAZIZ ABDULXAYEVICH
Rassom-grafik
ZIYAXANOV XURSHID DJAVIDOVICH
Plakatchi rassom
KALANOV ASLIDDIN DJURAYEVICH
Grafika, kitobga rasm ishlash
ABDULLAYEV NUSRATULLA XAMIDOVICH
Rassom-grafik
NURMANOV ERKIN ATAMBAYEVICH
Amaliy san'at rassomi
ISLAMOV OYBEK MUXTAROVICH
SHARIPOV NARIMON DJURAYEVICH
Dastgoh va kitob grafikasi
XAMDAMOV ALISHER AZAMOVICH
Mahobatli rangtavir
ABDULLAYEVA GULHAYO ABDULLAYEVNA
Tasviriy va amaliy bezak san'ati
NARZIYEV NURIDDIN NASRIDDINOVICH
Mahobatli rangtasvir
ABDULLAYEVA MOHIRA HAMZA QIZI
dastgoh kitob grafikasi rassomi
Ilmiy faoliyat
Kafedrada olib borilayotgan tadqiqot ishlari va loyihalar
Xalqaro hamkorlik
Kafedra xalqaro hamkorlik dasturlari va sherik Institutlar