Kafedra haqida
“Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi o‘z faoliyatini mustaqil kafedra sifatida 1997-yilda boshlagan. Ungacha ushbu yo‘nalish A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti hamda Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutida “Teatr rassomi” yo‘nalishi sifatida faoliyat yuritgan.
Kafedrada “Teatr bezagi rangtasviri” va “Filmning tasviriy yechimi” ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, 2017-yildan boshlab “Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi ham yo‘lga qo‘yildi. 2025-yilda esa “Teatr bezagi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi tashkil etildi. Hozirgi kunda kafedrada mavjud ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistratura bosqichlari to‘liq shakllantirilgan.
Kafedraning asosiy maqsadi — sahna badiiy bezagini yaratish, rekvizit va atributlar, personaj va liboslar, kichik va katta sahna makonlarini loyihalash hamda spektakl ishlab chiqarish jarayonigacha bo‘lgan barcha bosqichlar uchun badiiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Shuningdek, badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop va animatsion filmlar uchun raskadrovka va eksplikatsiyalar yaratish, qahramonlar va makon obrazlari eskizlarini ishlab chiqish, film yaratish jarayonining barcha bosqichlarida rassom faoliyatiga oid loyihalarni amalga oshirish hamda talabalarda yuqori darajadagi badiiy mahorat ko‘nikmalarini shakllantirish kafedraning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Mazkur maqsadlardan kelib chiqib, kafedra teatr, kino va animatsiya rassomi sifatida chuqur bilimga ega, badiiy mahoratini amaliyotda qo‘llay oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘ygan.
Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi: chizmatasvir, rangtasvir, rangshunoslik va kompozitsiya asoslari, teatr rejissurasi, kino rejissurasi asoslari, multiplikatsiyada rejissura asoslari, teatr bezagi kompozitsiyasi, kino kompozitsiyasi, animatsiya kompozitsiyasi, multiplikatsiya kompozitsiyasida badiiy yechim, animatsiyada tasviriy harakat asoslari, ashyoda ishlash va maketlashtirish, sahna texnikasi va texnologiyasi, kino dekoratsiyasini loyihalash texnologiyasi, rangtasvir texnikasi va texnologiyasi, badiiy bezakli chizmatasvir, badiiy bezakli rangtasvir hamda multiplikatsiyada kompyuter grafikasi va zamonaviy jarayonlar.
Kafedra mudiri
BIKTIMIROV RINAT RAFAILOVICH
Darajasiz
Kafedra mudiri
O'qituvchilar
Kafedrada 28 nafar malakali o'qituvchi faoliyat yuritadi
QOBILOV JAXONGIR NOZIMJON O‘G‘LI
Multfilm va kompuyter multiplikatsiyasi rassomi
RASULMUXAMEDOVA SANOBAR ABDUDJAMILOVNA
San‘atshunos jurnalist
BIKTIMIROV RINAT RAFAILOVICH
Mahobatli rangtasvir
BOZOROV FURQAT QURBONOVICH
kino va telefilmning tasviriy yechimi
XAYDAROVA NIGORA TOXIRJONOVNA
Multfilm va kopyuter multtiplikatsiyasi
NAZAROV BAXTIYOR MUXAMMADJANOVICH
Rangtasvirchi
ORTIQOV ASLIDDIN SHAVKATOVICH
Dastgohli rangtasvir
ORINOV AXMADJON XXX
Teatr rassomi
MAXMUDOV MAVZUR MANSUROVICH
Multfilmlar rassomi, grafik , o'rta maktab chizmachilik , rasm va mehnat o'qituvchisi
ABDUMALIKOV SHUHRAT RAVSHANOVICH
Teatr bezagi rangtasvir rassomi
MATEVOSYAN GAYANE RAFAELOVNA
Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi
MAMADALIYEV ABDUXALIL MAMASIDIKOVICH
Drama va kino aktyori
JALOLOVA GULNOZ MANNOB-QIZI
Kino va telefilmning tasviriy echimi
UMURZAKOV KOZIMJON OLIMJON O‘G‘LI
Dastgohli rangtasir
RADJABOV DAVRON XASANOVICH
Teatr rangtasvirim bezagi rassomi
ILYASOV BOLATBEK ZAMIR O‘G‘LI
Kino va telefilmning tasviriy yechimi rassomi
XOLIQOV MIRJALOL RAXMATULLA O‘G‘LI
Teatr va kino rassomi
KARABAYEV MURAD ABDUKASIMOVICH
Kino va televideniye rassomi
YUSUPOV AZATBAY AMATOVICH
Teatr dekoratsiyasi rang tasviri rassomi
GAMIROV ALEKSANDR MINAXMETOVICH
Rejissor
RIZAMUXAMEDOV RAXIMDJAN ZAKIROVICH
Rangtasvirchi rassom, o'qituvchi
BABAYEV AXMAD BAXTIYAROVICH
Rngtasvir rassomi va o'qituvchisi
NIGMATOV ULUGBEK YUSUPDJANOVICH
Dastgohli rangtasvir rassomi
MASHARIPOV ERKEBAY XXX
Rangtasvirchi rassom
IBRAYMOV SHAMSHETDIN ZINATDINOVICH
Kino va filmning tasviriy yechimi
FADEYEVA TATYANA VALEREVNA
Teleko'rsatuvlar badiiy yechimi
MANSUROV IMYAR IDRISOVICH
Rangtasvirchi rassom
XOTAMOV ASLIDDINXO‘JA OYBEK O‘G‘LI
Multfilm va kompuyter multiplikatsiyasi rassomi
Ilmiy faoliyat
Kafedrada olib borilayotgan tadqiqot ishlari va loyihalar
Xalqaro hamkorlik
Kafedra xalqaro hamkorlik dasturlari va sherik Institutlar