Kafedra haqida
1945-yilda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlat teatr san’ati instituti tashkil etildi va 1948-yilda unga rus dramaturgi A.N. Ostrovskiy nomi berildi. 1954-yilda mazkur institut qoshida tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilishi natijasida Toshkent teatr va rassomlik institutida akademik badiiy ta’lim joriy etildi.
Ushbu dargoh nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim ta’lim markaziga aylandi. U Markaziy Osiyoda tasviriy san’at rivojiga sezilarli hissa qo‘shib, ko‘p yillar davomida hudud uchun malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasini mas’uliyat bilan bajarib keldi.
1954-yilda Teatr san’ati instituti qoshida tashkil etilgan tasviriy san’at oliy ta’limi mamlakatimiz tasviriy san’ati taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu jarayonda R.A. Ahmedov, O.K. Tatevosyan kabi taniqli rassomlarning xizmatlari alohida e’tiborga loyiqdir. Shuningdek, ushbu fakultetni tashkil etishda I.E. Repin nomidagi rangtasvir, haykaltaroshlik va me’morchilik instituti bitiruvchilarining hissasi katta bo‘ldi. Ularning aksariyati 1953-yil bitiruvchilari bo‘lib, 1954-yildan boshlab mamlakatimizda oliy badiiy ta’limni rivojlantirishga faol jalb etildi.
Institutda rangtasvir kafedrasining tashkil etilishi keyinchalik boshqa ixtisoslashgan kafedralarning ochilishiga zamin yaratdi.
Institutga ilk qabul 1954-yilda amalga oshirilib, birinchi bosqichga 22 nafar talaba qabul qilindi. 1960-yilda esa ilk bitiruvchilar yetishib chiqdi. 1956-yilda rangtasvir yo‘nalishi ikki ixtisoslikka — dastgohli rangtasvir va teatr bezagi yo‘nalishlariga ajratildi.
Kafedraning dastlabki pedagoglari sifatida O.K. Tatevosyan (kafedra mudiri), R.A. Ahmedov va V.A. Riftin faoliyat yuritgan. Keyingi yillarda esa A.A. Godetskiy, V.A. Riftin, Ch.G. Axmarov, A.A. Goldrey, P.A. Yurovskiy, P.P. Matsexa, K. Saloxitdinov, T.P. Reshetnikova, B. Shupak, V.P. Sosedov, V.I. Jmakin, G.A. Vizel, A.P. Perov, V.A. Nechaev, G.V. Moiseev, V.L. Jdanov kabi ko‘plab yetuk rassom-pedagoglar faoliyat olib bordilar.
Kafedra mudiri
XAITOV ESHMAMAT XAKBERDIYEVICH
Darajasiz
Kafedra mudiri
O'qituvchilar
Kafedrada 24 nafar malakali o'qituvchi faoliyat yuritadi
TURSUNNAZAROV JAHONGIR YIGITALIYEVICH
Mahobatli rangtasvir
ZIYODULLAYEV RUSTAM ORIFOVICH
Dastgohli rangtasvir rassomi
AXMEDOV SIROJIDDIN VALIJONOVICH
Gastgohli rangtasvir
SULAYMANOV SARVAR AKBARALIYEVICH
Mahobatli rangtasvir
UMARBEKOV DJAVLYAT YUSUPOVICH
Multiplikasion film rassomi
TASHMURATOV MAXAMADYOR ERGASHEVICH
Rangtasvirchi rassom
RAXMETOV SABIRJAN GAFUROVICH
Rangtasvirchi rassom
IKRAMDJANOV AKMALDJAN TURAYEVICH
Rangtasvirchi rassom
XAITOV ESHMAMAT XAKBERDIYEVICH
Rangtasvir rassom
RAJABOV ULUG‘BEK NURILLAYEVICH
Dastgohli rangtasvir
MAVLONOV FARRUX NURIDDINOVICH
Dastgohli rangtasvir
ISROILOVA MUNISA DILMUROD QIZI
Rangtasvir( dastgohli)
RAXMETOV TIMUR SABIROVICH
Mahobatli rangtasvir
SATTOROV MUXAMMADJON ABDUKAXOROVICH
Dastgoxli rangtasvir
MAXKAMOV BAXTIYAR MIRXODIYEVICH
Rangtasvir rassomi o'qituvchisi
AXMADALIYEV FAYZULLAXAN XXX
Rangtasvir rassomi o'qituvchisi
NURIDINOV AKMAL VAXOBJANOVICH
Rangtasvirchi rassom
TURSUNNAZAROV YIGITALI XXX
Rangtasvirchi rassom
NASIRDINOV AVAZBEK XXX
Dastgohli rangtasvir
VOXOBJANOV BOBIR AXMADJON O‘G‘LI
Dastgohli rangtasvir
XAMRAYEVA UMIDA MADRIMOVNA
Dastgohli rangtasvir
NURITDINOV MUXAMMADXON NURITDINOVICH
Dastgohli rangtasvir rassomi
ABDULLAYEV SAGDULLA ASADULLAYEVICH
Rangtasvirchi rassom
FAXRUTDINOV ZANUTDIN RAMZIYEVICH
Rangtasvirchi pedagog rassom
Ilmiy faoliyat
Kafedrada olib borilayotgan tadqiqot ishlari va loyihalar
Xalqaro hamkorlik
Kafedra xalqaro hamkorlik dasturlari va sherik Institutlar