Kafedra haqida
1959-yildan boshlab institutda haykaltaroshlik alohida ta’lim yo‘nalishi sifatida shakllana boshladi. Mazkur yo‘nalishda ko‘plab yirik san’at arboblari va tajribali haykaltaroshlar faoliyat yuritib, o‘z bilim va tajribalarini talabalarga yetkazib kelganlar. Ular qatoriga Chelishev Pyotr Panfilovich, Ulug‘bek Mardiyev, Anvar Kamilovich Ahmedov, Anvar Abrorovich Raxmatullayev, Vitaliy Vasilievich Vanyakin, Tulyagan Tadjixodjayev, Abdumumin Baymatov, Viktor Malaxov, Ravshan Tursunovich Mirtojiyev, Kamol Jabbarov, Bayat Pulatovich Muxtarov va Rustam Ermetov kabi yetuk mutaxassislar kiradi. Ushbu ustozlar institutda uzoq yillar davomida samarali pedagogik faoliyat olib borganlar.
Mazkur yo‘nalishda faoliyat boshlagan o‘qituvchilar orasida institut bitiruvchilari ham alohida o‘rin egallaydi. Jumladan, Anvar Abrorovich Raxmatullayev, Ulug‘bek Mardiyev, Tulyagan Tadjixodjayev, Ravshan Tursunovich Mirtojiyev va Ilhom Jabbarov mazkur dargohda tahsil olib, keyinchalik pedagogik faoliyatini shu yerda davom ettirgan yetuk mutaxassislardir.
Shuningdek, haykaltaroshlik yo‘nalishida faoliyat yuritgan ustozlar orasida Sankt-Peterburgdagi I.E. Repin nomidagi rangtasvir, haykaltaroshlik va me’morchilik institutining bitiruvchilari ham muhim o‘rin tutadi. Jumladan, 1965-yilda Anvar Kamilovich Ahmedov, 1986-yilda Abdumumin Baymatov, 1999-yilda Kamol Jabbarov ushbu nufuzli oliygohni tamomlab, Vatanga qaytgach, institutda uzoq yillar davomida haykaltaroshlik sohasi rivoji yo‘lida fidokorona xizmat qilgan va o‘z bilim hamda tajribalarini yosh avlodga yetkazganlar.
1991-yilda institutga Mannon Uyg‘ur nomi berilib, u Toshkent teatr va rassomlik instituti deb nomlana boshladi. 1986–1998-yillar davomida haykaltaroshlik yo‘nalishining ilmiy-uslubiy va tashkiliy ishlariga Abdumumin Baymatov rahbarlik qilgan.
1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti farmoniga muvofiq Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etildi. Institut Tasviriy san’at fakulteti negizida mustaqil oliy ta’lim muassasasi sifatida ajralib chiqdi. Dastlab “Haykaltaroshlik” yo‘nalishi “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi tarkibida faoliyat yuritdi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, yuqori intellektual salohiyatga ega, raqobatbardosh hamda zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ruxsati hamda institut Ilmiy kengashining 2003-yil 30-maydagi qaroriga muvofiq “Haykaltaroshlik” yo‘nalishi mustaqil kafedra sifatida “Mahobatli rangtasvir” kafedrasidan ajratildi.
Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi: chizmatasvir, haykaltaroshlik, mahobatli haykaltaroshlik kompozitsiyasi, mahobatli haykaltaroshlikda ashyoda ishlash, dekorativ haykaltaroshlik, me’mor maslahati, badiiy metall quyish san’ati hamda mahobatli haykaltaroshlikda mayda plastika.
Kafedra mudiri
USMANOV NODIRBEK SHAVKATOVICH
Darajasiz
Kafedra mudiri
O'qituvchilar
Kafedrada 11 nafar malakali o'qituvchi faoliyat yuritadi
RAXMATOV RUFAT SAITOVICH
Haykaltarosh
XAKIMOV BOTIR BAXODIROVICH
Haykaltaroshlik
USMANOV ULUGBEK SHAVKATOVICH
Me'moriy bezaklar plastikasi rassomi
KURYAZOV ULUGBEK TURAYEVICH
Me'moriy bezaklar plastikasi rassomi
USMANOV NODIRBEK SHAVKATOVICH
Me'morchilik bezaklari plastikasi rassomi
SAIDOV UKTAMBOY RADJABBAYEVICH
Dastgohli rangtasvir
TAIROVA XOLIDA XAMIDOVNA
Haykaltaroshlik
JABBAROV ILXOM XXX
Rassom-haykaltarosh
XATAMOV AZAMAT KAMALOVICH
Haykaltarosh-rassom
ASROROV O‘TKIR QUDRATOVICH
Haykaltarosh
MIRZAXASHIMOVA NAFISA MIRZAXAMEDOVNA
Arxitektor
Ilmiy faoliyat
Kafedrada olib borilayotgan tadqiqot ishlari va loyihalar
Xalqaro hamkorlik
Kafedra xalqaro hamkorlik dasturlari va sherik Institutlar