Kafedra haqida
“Amaliy bezak san’ati” kafedrasi
“Amaliy bezak san’ati” kafedrasi 2023-yil fevral oyidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Badiiy kulolchilik va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” kafedrasidan ajralib chiqib, mustaqil kafedra sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada bir qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Jumladan, bakalavriat bosqichida “Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash”, “Professional ta’lim: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash”, “Badiiy zargarlik” va “Badiiy naqqoshlik” ta’lim yo‘nalishlari mavjud. Shuningdek, sirtqi ta’lim shaklida yo‘nalishi hamda magistratura bosqichida “Tasviriy va amaliy bezak san’ati” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Kafedraning asosiy maqsadi — amaliy bezak san’ati yo‘nalishida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, ijodiy fikrlay oladigan, zamonaviy talablar asosida faoliyat yurita oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Shu bilan birga, talabalarda milliy san’at an’analariga hurmat, badiiy tafakkur va innovatsion yondashuvlarni shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi.
Hozirgi kunda kafedrada bakalavriat (kunduzgi va sirtqi) hamda magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlanadi. Ta’lim jarayoni zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘quv jarayonida quyidagi fanlar o‘qitiladi: loyihalash, ashyolarda ishlash, ta’mirlash asoslari, rangshunoslik va kompozitsiya asoslari, materialshunoslik, ashyolar texnologiyasi, mutaxassislik bo‘yicha haykaltaroshlik, amaliy san’at turlari, san’at tarixi, kulolchilik bezak turlari, amaliy san’atda kompozitsiya, konservatsiya nazariyasi, ta’mirlashda hujjat yuritish, nusxa ko‘chirish, zargarlik san’ati tarixi, zargarlikda loyihalash, zargarlikda ashyolarda ishlash, zargarlikda kompozitsiyaning badiiy yechimi, zargarlikda naqsh turlari, filigran texnikasi, zarblash texnikasi, kompyuterda badiiy loyihalash, naqqoshlikda kompozitsiya, badiiy loyihalashda kompozitsion yechim, zamonaviy amaliy bezak san’ati.
Kafedra mudiri
DOSMETOVA ZUXRA SHAVKATOVNA
Fan nomzodi, PhD
Kafedra mudiri
O'qituvchilar
Kafedrada 11 nafar malakali o'qituvchi faoliyat yuritadi
GULYAMOV KOMILJON MAXMUDOVICH
Chizmachilik, tasviriy san'at va mehnat o'qituvchisi
ABDIMUMINOV NODIR HAMZA O‘G‘LI
San'at asarlari va me'moriy yodgorliklari
AXMEDOV ROVSHAN TOLKUNOVICH
San'at asarlari va me'moriy yodgorliklar bezagini ta'mirlovchi
DOSMETOVA ZUXRA SHAVKATOVNA
Dekorativ san'at rassomi
XAYTMETOV DILSHODJON TURAYEVICH
Tasviriy san'at
QODIROV AVAZBEK SOBITXON O‘G‘LI
Mahobatli rang tasvir
DADAMUXAMEDOV BOBIR FASIXITDINOVICH
Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi
DADAMUXAMEDOV FASIXITDIN GULYAMOVICH
Sanatshunos
MANSUROV NIGMAT AXMEDOVICH
O'rta maktab chizmachilik va rasm o'qituvchi
JONIYEVA IRODA YOQUBOVNA
Amamliy san'at rassomi
ABDUDAYEVA SADOKAT SA’DULLAYEVNA
Amaliy san'at asarlarini ta'mirlash
Ilmiy faoliyat
Kafedrada olib borilayotgan tadqiqot ishlari va loyihalar
Xalqaro hamkorlik
Kafedra xalqaro hamkorlik dasturlari va sherik Institutlar