Ilmiy jurnallar

 

Institutda “ART AND DESIGN: SOCIAL SCIENCE” hamda “KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI AXBOROTNOMASI” nomli ikkita ilmiy jurnal muntazam ravishda nashr etib kelinmoqda.

12.jpg

“ART AND DESIGN: SOCIAL SCIENCE” — YANGI ILMIY-INNOVATSION JURNAL HAQIDA

2021 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar agentligida №1485 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Art and Design: Social Science” nomli ilmiy-innovatsion jurnal institutimizda o‘z faoliyatini boshlagan. Mazkur jurnal ijtimoiy sohalardagi ilmiy va amaliy yutuqlar, yangiliklar, zamonaviy tendensiyalar, san’at va dizaynning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga qaratilgan. Shu bois jurnal institutimizning ilmiy, ma’rifiy va innovatsion faoliyatida muhim platformaga aylangan.
Jurnalning asosiy maqsadi — mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi san’at, dizayn va ijtimoiy fanlar sohasi olimlari hamda mutaxassislarining ilmiy izlanishlari va tajribalarini keng jamoatchilikka taqdim etishdir. Unda ijtimoiy soha hayotida yuz berayotgan muhim voqea va hodisalar, ilmiy yondashuvlar va amaliy tajribalar haqida muntazam ma’lumot berib boriladi.
Jurnalda chop etilayotgan asosiy yo‘nalishlar:
•    San’at asarlari tahlili va san’at tarixiga oid ilmiy-publitsistik maqolalar;
•    Muzeyshunoslik va ekspozitsiya tashkil qilishning nazariy va amaliy jihatlari;
•    Dizayn nazariyasi va uning tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar;
•    Falsafa, pedagogika va psixologiya sohalaridagi ilmiy izlanishlar;
•    Yosh avlodni sog‘lom turmush tarzi ruhida tarbiyalash bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar;
•    Aholining madaniy savodxonligini oshirishga qaratilgan maqolalar;
•    Soha mutaxassislarining innovatsion ishlanmalarini tahliliy materiallar orqali yoritish.
Jurnal san’at va dizayn yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy olimlar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar va talabalar uchun o‘z ilmiy ishlanmalarini chop ettirish imkonini yaratadi. Mamlakatimiz va jahon miqyosidagi iqtidorli tadqiqotchilarning ilmiy maqolalari jurnal sahifalarida chop etilib, ular orasida tajriba almashinuvi va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Jurnal A4 formatida, har ikki oyda bir marta, hajmi 32 dan 96 sahifagacha bo‘lgan shaklda 1000 nusxada chop etiladi. Bu orqali jurnal keng o‘quvchilar auditoriyasiga taqdim qilinib, ilmiy jamoatchilik uchun manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, jurnalning rasmiy veb-sayti — https://social-science-analysis.uz/index.php/ssa — orqali elektron shaklda maqolalar bilan tanishish, maqola yuborish va jurnal yangiliklaridan xabardor bo‘lish imkoniyati mavjud.
Jurnal tahririyati tomonidan e’tibor qaratilayotgan asosiy vazifalar:
•    Ilmiy-publitsistik maqolalar sifatini xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlash va nashr etish;
•    Yosh olimlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish va ularning ishlarini keng ommaga yetkazish;
•    San’at va dizayn sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va targ‘ib qilish;
•    Ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish.
“Art and Design: Social Science” jurnali san’at, dizayn va ijtimoiy fanlar sohasidagi eng dolzarb masalalarni ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilib, zamonaviy innovatsion yondashuvlarni ilgari surishda muhim platforma sifatida faoliyat olib bormoqda.

 “KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI AXBOROTNOMASI” ILMIY-AMALIY JURNALI HAQIDA

13.jpg

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab institutimizda “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Axborotnomasi” nomli ilmiy-amaliy jurnal muntazam ravishda chop etib kelinmoqda. Mazkur jurnal 2020 yil 11 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar agentligida №1049 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan.
Jurnal oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, art-tanqidchilar, madaniyat va san’at tizimida faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari, ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda talabalar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur nashrning nufuzini oshiruvchi muhim jihatlardan biri shundaki, 2020 yil 30 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 287/9-1-sonli Rayosat qarori bilan jurnal san’atshunoslik fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Bundan tashqari, jurnal ilmiy maqolalarning ochiq platformalarda xalqaro miqyosda ommalashishiga xizmat qilishi uchun https://scholar.google.com tizimida indeksatsiyalanadi.
Nashrning asosiy yo‘nalishlari va mazmuni:
•San’atshunoslik va madaniyat sohalaridagi dolzarb ilmiy maqolalar;
•Ilmiy tadqiqotlar natijalari va ularning ilmiy xulosalari;
•Yangi chop etilgan o‘quv adabiyotlari va metodik qo‘llanmalar sharhi;
•Ko‘rgazmalar, ilmiy va madaniy tadbirlar haqidagi tahliliy ma’lumotlar;
•Mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoniga joriy etilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar;
•San’at va madaniyat sohasi bo‘yicha olib borilayotgan innovatsion ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlar sharhi.
Jurnal san’at, dizayn va madaniyat sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar va yosh izlanuvchilarning maqolalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish uchun muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Nashr tartibi va texnik xususiyatlari:
•Jurnal yiliga 4 marotaba, har chorak yakunida chop etiladi.
•Hajmi: 60x84 1/8 formatda, 100 betgacha.
•Nashr hajmi: 1000 nusxagacha.
Jurnal institutimizning ilmiy va innovatsion faoliyatini yoritishda, shuningdek, milliy va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda.
“Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Axborotnomasi” — Sizning ilmiy yutuqlaringizni chop etish uchun ochiq maydon!

MRDI Logo MRDI