Bugun institutimizning Dizayn fakultetiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o'rinbosari Shuxrat Polvanov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Yakkasaroy tumani prokurori Bekzod Shamshiyev hamda tumandagi qator tashkilotlar rahbarlari va ushbu tashkilotlarning mas'ul xodimlari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar institutimiz hovlisidagi “Talabalar ijodi” yo‘lak ko‘rgazmasi bilan tanishib, institut faoliyati va talabalarninig ijodiy salohiyatini yuksak baholashdi.
Shundan so'ng, institutimizga tashrif buyurgan mehmonlar hamda institutimiz rahbariyati va talabalar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazilib, talabalarning taklif va tashabbuslari rahbarlar tomonidan tinglandi. Samimiy va ko'tarinki ruhda o'tgan ochiq muloqotda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga ham tegishli tashkilotlar va institut rahbariyatidan javob olishdi. Shuningdek, uchrashuvda talabalar tomonidan taqdimot qilingan startap loyihalar va bildirilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha rejalar belgilab olindi.
Rahbarlarning mazkur tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning ijodiy salohiyati, ta’lim jarayoni hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, institutda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va yoshlar bilan bevosita muloqot o‘tkazishdan iborat bo'ldi.