Bugun institutimizga O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Ismoilova Jannat Xamidovna tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida dastlab mehmon institutda yangi tashkil etilgan koʻrgazma zali faoliyati bilan yaqindan tanishib, ekspozitsiyalar, san’at asarlarining joylashtirilishi hamda ularning ilmiy-estetik ahamiyati yuzasidan muhim fikr-mulohazalar bildirdi.

Shundan so‘ng, institutimizga tashrif buyurgan mehmon, institut rahbariyati hamda talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol qatnashdilar. Ta’lim sifati, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, amaliyot bazalarini kengaytirish hamda kelajak kasbiy yo‘nalishlariga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Rahbarlar tomonidan har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Rahbarlarning mazkur tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

5406967224548923338_121.jpg

5406838461429388935_121.jpg

5406838461429388936_121.jpg

5406838461429388941_121.jpg

5406967224548923335_121.jpg

5406838461429388937_121.jpg

5406967224548923333_121.jpg

5406838461429388940_121.jpg

5406838461429388942_121.jpg