Markaz
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Axborot-resurs markazi 1997-yilda Mannon Uyg‘ur nomidagi Teatr va rassomlik san’ati instituti kutubxonasi fondi negizida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi PQ–381-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, institut kutubxonasi 2007-yil 16-iyuldagi 66-U-son ichki buyruq asosida Axborot-resurs markaziga aylantirilgan.
Axborot-resurs markazi fondi tasviriy san’at, dizayn, me’morchilik, muzeyshunoslik, konservatsiya va zamonaviy san’at yo‘nalishlarini qamrab olgan keng adabiyotlar majmuasidan iborat.
Fond quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy adabiyotlar; san’at tarixi va nazariyasi, muzeyshunoslik, grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik, interyer dizayni, amaliy san’at, zargarlik, libos dizayni, teatr va kino bezagi, konservatsiya va restavratsiya, art menejment hamda galereya ishi bo‘yicha adabiyotlar.
Shuningdek, fondda ijtimoiy fanlar, axborot texnologiyalari, jahon badiiy adabiyoti, tilshunoslik, tarix, etnografiya, arxeologiya, geografiya hamda ensiklopedik nashrlar va lug‘atlar mavjud.
Markaz fondi 79 786 nusxa (42 287 nomda) bosma va elektron adabiyotlardan iborat.
Shundan:
Axborot-resurs markazida 47 ta kompyuter mavjud bo‘lib, internet va Wi-Fi tarmog‘iga ulangan. Shuningdek, 2 ta printer, 1 ta skaner va 1 ta proyektor mavjud.
IRBIS tizimi orqali kataloglashtirish va raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar 24 380 yozuv kiritilgan. “Fine Reader” dasturi orqali adabiyotlar elektron shaklga o‘tkazilib, PDF formatda elektron bazaga joylashtiriladi.
Elektron va an’anaviy kataloglar tizimli ravishda yuritiladi. Alfavitli va sistemali kataloglar o‘zbek (lotin va kirill), rus va xorijiy tillardagi adabiyotlarni qamrab oladi.
Ma’lumotlar UDK va BBK tasniflari asosida tizimlashtiriladi.
ARM tomonidan Telegram platformasida axborot tarqatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. “MRDI | ARM – Kutubxona” guruhi orqali foydalanuvchilarga quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
Markaz fondida 836 ta noyob madaniy merosga oid adabiyotlar mavjud bo‘lib, ular muntazam raqamlashtiriladi va elektron bazaga kiritiladi.
ARMda 3 ta o‘quv zali mavjud bo‘lib, umumiy sig‘imi 150 o‘rinni tashkil etadi.
Talabalar turar joyida ARM filiali faoliyat yuritadi. Uning fondi 5 027 nusxadan iborat bo‘lib, 10 ta kompyuterli elektron zal bilan jihozlangan va internetga ulangan.
Axborot-resurs markazi 5 ta bo‘limdan iborat:
Markazda 14 nafar xodim faoliyat yuritadi.
Dushanba – shanba: 09:00 – 18:00
Talabalar turar joyidagi filial: 18:00 – 21:00
Tozalik kuni: har oyning oxirgi kuni
Direktor
Telefon raqami: +99893 578-37-62, +99897 700-37-62
Tamomlagan: 1. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti ; 2. Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji ( Axborot - kutubxona muassasasining kutubxonachisi, Elektron kutubxonalar kutubxonachisi kvalifikatsiyasi)
Markaz haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.