Stipendiya tanlovi uchun hujjatlar joriy yilning 20-oktabr sanasiga qadar qabul qilinishini eslatib o‘tamiz! 

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

Bakalavriat va magistratura talabalarining sinov daftarchasidan ko‘chirma (fakultet dekanining muhri bilan tasdiqlangan holda);

Talabgor ijodiy ishi namunalarining badiiy xulosasi fakultetning yetakchi professor-o‘qituvchilar imzosi bilan tasdiqlangan holda;

San’atshunoslik va muzeyshunoslik yo‘nalishidagi talabalar ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan ma’ruza, tezis/maqolalari nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar ro‘yxati va nusxalari ilmiy xulosasi. Bunda fakultetda yetakchi professor-o‘qituvchilar imzolari bilan;

Talabgorning ilmiy-ijodiy ishlariga sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan berilgan taqriz va fikrnomalar;

Qo'shimcha ma'lumot uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga uchrashishingiz yoki @shaxzod_1510 telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin! 

Quyidagi havola orqali "Shamsiro'y Hasanova stipendiyasi" nizomi bilan tanishishingiz mumkin:

"Shamsiro'y Hasanova stipendiyasi" nizomi!