Bugun institutimiz Ko'rgazmalar zalida Tasviriy san’at fakulteti “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi katta o‘qituvchisi Anvar Usmonov kuratorligida tashkil etilgan ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmani institut rahbariyati ochib berib, unda akademiklar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbir davomida institutimiz akademiklari va professor-o‘qituvchilari ham so‘zga chiqib, namoyish etilgan ishlarga yuqori baho berdilar hamda akademik chizmatasvir an’analarini o‘rganish, yosh rassomlarning kasbiy mahoratini oshirish va ta’lim jarayonida amaliy tajribani boyitishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.
Mazkur ko‘rgazma talaba-yoshlarning tasviriy san’atga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, akademik chizmatasvirning o‘ziga xos jihatlarini chuqurroq anglash hamda ijodiy izlanishlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.