Institut talabalari ishtirokida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, unda institutimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ravshan Yunusov, Mirobod tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili, kapitan Tursunov Xumoyun Xamdamovich hamda isntitutimizning profilaktika katta inspektori, katta leytenant Mambetov Jasur Abdurazakovich ishtirok etdi.

Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi hamda jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, ular bilan bog‘liq huquqiy javobgarlik masalalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sport va ijod bilan shug‘ullanish hamda internetdagi noqonuniy takliflardan ogoh bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

 

5438401312799269646_121.jpg

5438401312799269648_121.jpg

5438401312799269649_121.jpg

5438401312799269650_121.jpg