Bugun institutimizda talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etish, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan ma’rifiy tadbir tashkil etilib, uni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ravshan Yunusov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, falsafa fanlari doktori, professor Matlyuba Qaxxarova hamda qo‘mitaning Xotin-qizlar bilan ishlash va targ‘ibot guruhlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Iroda Axmedova ishtirok etdi.

Suhbat davomida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, ilm-fan va kitobxonlikning ahamiyati, yot g‘oyalarning oldini olish, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va millatlararo totuvlikni asrash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, ularda tinchlik va osoyishtalikni qadrlash tuyg‘usini kuchaytirish hamda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

5393569675364474112_121.jpg

5393569675364474113_121.jpg

5393569675364474114_121.jpg

5393569675364474118_121.jpg