Ayni damda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti jamoasi bir maqsad va bir tuyg‘u ostida — O‘zbekiston milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashdi! Institutimiz rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar institutimiz Anjumanlar zalida katta ekran qarshisida futbol bo‘yicha Jahon chempionatidagi milliy terma jamoamiz uchun muhim bo'lgan O'zbekiston - Kolumbiya uchrashuvini katta qiziqish, hayajon va yuqori kayfiyat bilan tomosha qilmoqda. Har bir hujum — hayajon, har bir vaziyat — umid, har bir lahza — Vatanimiz uchun faxr tuyg‘usini uyg‘otmoqda! Milliy terma jamoamizga bo‘lgan ishonchimiz va qo‘llab-quvvatlashimiz doimo mustahkamdir! Bir xalq, bir jamoa, bir maqsad — g‘alaba sari!
Olg‘a O‘zbekiston - Omad, Oq bo‘rilar!