Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi munosabati bilan tashkil etiladigan "Iste'dodlar maskani – 2026" bayram tadbiriga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Tadbir yuqori saviyada tashkil etilishi maqsadida sahna bezaklari, texnik jihozlar, fotohududlar, ko‘rgazma maydonlari hamda mehmonlarni kutib olish va tantanali marosimni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar yakuniy bosqichga yetkazilmoqda.
Mazkur tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirilishi, o‘quv yili davomida faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar hamda hamkor tashkilotlarni taqdirlash marosimi, shuningdek, konsert dasturi va bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, tadbir Bugun Soat 18:00 da Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hovlisida o'tkaziladi.
Barcha xodimlar, professor-o'qituvchi va bitiruvchilarni tantanali bayram tadbirida kutib qolamiz!