Xodimlar bo‘limi
Bo'lim
Bo'lim haqida
Bo‘lim haqida qisqacha ma’lumot:
Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmon va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, institut Rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda institut Nizomi, yo‘riqnomalari va tegishli ko`rsatmalari asosida faoliyat olib boradi. Kadrlar bo‘limi institutda mehnat qilayotgan
professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi va moliya-xo‘jalik xodimlarining institut ichki-tartib qoidalari, mehnat intizomi, lavozim yo‘riqnomalari va o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq faoliyat yuritishini tashkil qiladi.
Asosiy vazifalari:
Professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi hamda moliya-xo‘jalik xodimlarini ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozim va shtat birliklarini o‘zgartirish, mehnat ta’tili berish hamda muddatidan avval ishga chaqirib olish, o‘z hisobidan ta`til, tanlov asosida ishga qabul qilish, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlash, belgilashni nazorat etish;
Ishga qabul qilingan har bir xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari tuzishni nazorat qilish hamda faoliyatga oid buyruqlarni tayyorlash;
Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va va undan foydalanish borasida takliflar berish;
Institut rektoriga professor-o‘qituvchilar tarkibi, ularning mehnat intizomi, ta’lim berish sifatini yaxshilash hamda ularning qo‘nimsizligining oldini olish yuzasidan takliflar tayyorlash va taqdim etish;
Kadrlar masalasi bo‘yicha yuqori tashkilotlar bilan aloqada bo‘lish;
Vazirlik va tegishli tashkilotlarga institut professor-o‘qituvchi va xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya qilish ishlarini tashkil qilish;
Professor-o`qituvchi, o‘quv-yordamchi hamda moliya-xo‘jalik xodimlariga guvohnomalar tayyorlab berish va guvohnomalar muddatini uzaytirilishini nazorat qilish; professor-o‘qituvchilar imzolarini tasdiqlash, ma’lumotnomalar berish;
Mehnat daftarchalarini yuritish, ularni hisobini to‘g‘ri olib borish va mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki tugagan xodimga o‘z vaqtida topshirish;
Professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi hamda moliya-xo‘jalik xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobotini olib borish;
Professor-o`qituvchi, o‘quv-yordamchi hamda moliya-xo‘jalik xodimlarning shaxsiy yig‘ma jildini, shaxsiy varaqasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnomasini (obyektivka) shakllantirish, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etish;
Institut shtat jadvalini moliya-iqtisodiyot bo‘limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish va shtat jadvaliga asosan ish olib borish; nafaqa yoshidagi
professor-o‘qituvchi hamda xodimlarni aniqlash, hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ro‘yxatga olish;
Har oyning boshida tuman bandlikka ko‘maklashish markaziga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;
Bo‘limda saqlanayotgan xodimlarga oid barcha me’yoriy va shaxsiy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma tuzish orqali institut arxivga topshirish;
Bo‘lim va xodimlar bilan ishlashda odob-axloq va ichki-tartib qoidalariga, mehnat intizomi va muomala madaniyatiga rioya qilish.
Bog‘lanish raqami:
71-255-88-05
HAMIDOV NURIDDIN QODIROVICH
Bo‘lim boshlig‘i
Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?
Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.