Talabalar amaliyoti bo'limi
Bo'lim
Bo'lim haqida
Bo‘lim haqida qisqacha ma’lumot
Talabalar amaliyoti bo‘limi talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog‘lash va ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash ishlarini tashkil etadi. Karyera markazi sifatida bo‘lim talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash va ularning ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashadi.
Asosiy vazifalari
· Talabalarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliyot o‘tash joylariga taqsimlash;
· Korxona va tashkilotlar bilan amaliyot hamda bandlik yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
· Amaliyot jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish;
· Amaliyotga oid hisobot va hujjatlarni rasmiylashtirishni tashkil etish;
· Talabalarga kasb tanlash va karyerani rejalashtirish bo‘yicha maslahat berish;
· Bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari haqida ma’lumot berish;
· Rezyume va motivatsion xat tayyorlash hamda suhbatga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berish;
· Mehnat yarmarkalari, seminarlar va treninglar tashkil etish.
Murojaat qilish masalalari
Bo‘limga amaliyot joyini tanlash yoki tasdiqlatish, amaliyot muddatini o‘zgartirish, yo‘llanma, shartnoma, kundalik va hisobotlarni rasmiylashtirish, amaliyot jarayonida yuzaga kelgan muammolar, baholash va yakunlash tartibi, boshqa hudud yoki davlatda amaliyot o‘tash masalalari bo‘yicha murojaat qilish mumkin. Shuningdek, ishga joylashish va stajirovka imkoniyatlari, rezyume va motivatsion xat tayyorlash, suhbatga tayyorgarlik, kasb tanlash, karyerani rejalashtirish, karyeraga oid tadbirlar, xalqaro dasturlar hamda bitiruvchilar bandligi bo‘yicha maslahat olish mumkin.
Bog‘lanish raqami
+998 71 254 64 43
XOLBOYEVA RA’NO ANVAROVNA
Bo‘lim boshlig‘i
Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?
Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.