2026-yil 27-oktyabr kuni institut San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti “Amaliy bezak san’ati va restavratsiya” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq ustasi Dadamuxamedov Fasixitdin Gulyamovich tomonidan “Loyihalash” fanidan “To‘g‘nog‘ichlarni loyihalash jarayonlari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkaziladi.

Ochiq dars mashg'uloti “Global Jewelry Fair 2026” xalqaro zargarlik ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilib, unda milliy zargarlik san’atining boy merosi, zargarlik buyumlarini loyihalash xususiyatlari va amaliy ijodiy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur tadbir professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun zargarlik sohasidagi zamonaviy tajribalar bilan tanishish, loyihalash jarayonlariga oid bilimlarni boyitish hamda kasbiy tajriba almashish imkonini beradi.

Sana: 2026-yil 27-oktyabr

Boshlanish vaqti: 10:30

Manzil: Toshkent shahri, Humo Arena majmuasi.

Ishtirok etish bepul

Ro'yxatdan o'tish uchun havola: Global Jewelry Fair 2026