Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ko'rgazmalar zalida 2026-yilning 27-oktabrdan 10-noyabrgacha O'zbekiston xalq rassomi, institut professori, akademik Akmal Ikromjonov rahbarligidagi “Moviyga parvoz” guruhining ko'rgazmasi tashkil etilmoqda. 

Ko‘rgazmada Akmal Ikromjonov, Diyor Roziqov, Sirojiddin Ahmedov, Ulug‘bek Rajabov, Abdumajid Sagatov, Erkin Bozorov, Jamshid Chorshambiyev, Farruh Mavlonov, Umar Rajabov, Xurshid Ibragimov, Saidbek Sabirbayev, Mirali Maxmudov, Muhammadjon Sattorov, Bobur Vahobjonov, Zuhriddin Qiyomov, Siddiqbek Abdumo‘minov va Timur Lashenov kabi ijodkorlarning asarlari namoyish etiladi.

Ko'rgazmaning ochilish marosimi 2026-yil 27-oktabr kuni Soat: 11:30 da o'tkaziladi.

Manzil: Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan Institut Ko'rgazmalar zali.

Barcha professor-o'qituvchilar, talabalar hamda san'at ixlosmandlarini mazkur ko'rgazmaga taklif etamiz!