Mazkur ko'rgazmada qo'yilgan tasviriy san’at asarlari orqali Mustaqillikning mamlakatimiz hayoti va ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyati yoritildi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan institutimiz professor-o‘qituvchilarining eng sara ijodiy asarlari joy oldi.
💬 Ko‘rgazma yosh ijodkorlarning badiiy tafakkurini namoyon etish, milliy qadriyatlarni san’at orqali targ‘ib qilish hamda tomoshabinlarga estetik zavq ulashishga xizmat qilmoqda.
✅ Ushbu ko‘rgazmada namoyish etilgan asarlarda Mustaqillik, Vatan, milliy qadriyatlar va Yangi O‘zbekiston kabi mazmunan teran va muhim mavzular aks ettirilgan.