Uchrashuvni institutimiz rektori Omonulla Salixov kirish so‘zi bilan ochib berib, dastlab institutimiz talaba qizlari uchun ta’sis etilgan Shamsiro‘y Xasanova stipendiyasi tanlovi g‘oliblarini taqdirladilar. Shundan so‘ng institut talabalari tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Uchrashuvda talabalar tomonidan institut rahbariyatiga bir qator loyihalar taqdim etilib, loyihalar atroflicha o'rganilib baholandi va loyihalarga doir kerakli ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida San'atshunoslik va Amaliy san'at fakulteti Menejment ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi Rashidov Sanjarbek ham so'zga chiqib, o'zining mualliflik she'riy to'plamini institut rektoriga sovg'a qildi.

Uchrashuv talabalar bilan savol-javob va ochiq muloqot ruhida davom ettirilib, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

5474369619498836403_121.jpg

5474369619498836282_121.jpg

5474369619498836463_121.jpg

5474369619498836292_121.jpg