Mazkur saralash jarayonlari shaffoflik, xolislik va akademik halollik tamoyillari asosida nufuzli ishchi guruh — imtihon komissiyasi a’zolari ishtirokida o‘tkazildi. Komissiya tarkibidan san’atshunoslik, tarix, arxitektura va falsafa fanlarining yetuk mutaxassislari joy oldilar.
Imtihon va suhbat jarayonlarida talabgorlarning tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha nazariy bilimlari, dissertatsiya mavzularining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda tadqiqot olib borish salohiyati komissiya a’zolari tomonidan baholandi.
Imtihon jarayonlari institutning Youtube tarmog'idan jonli tarzda namoyish etildi