Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuridinov hamda institutimiz rektori Omonulla Salixov samimiy fikrlar bildirib, ko'rgazmani ochib berdilar.

Shuningdek, ko'rgazmada O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, institutimiz professor-o'qituvchilari ham so‘zga chiqib, rassomning ko‘p yillik ijodiy faoliyati, tasviriy san’at rivojiga qo‘shayotgan hissasi hamda asarlarining badiiy o‘ziga xosligi haqida fikr bildirdilar.

“O‘tmish va bugun” ekspozitsiyasidan rassomning turli yillarda yaratgan portret, manzara va maishiy janrdagi asarlari o‘rin olgan. Ushbu ijodiy ishlarda ona yurt tabiati, tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va zamondoshlarimiz qiyofasi o‘ziga xos badiiy talqinda aks etgan.

Ko‘rgazma rassomning serqirra ijodiy olami, yillar davomida shakllangan badiiy qarashlari va tasviriy san’atga bo‘lgan munosabatini namoyon etishi bilan ahamiyatlidir.

5463258229866438298_121.jpg

5463258229866438301_121.jpg

5465515870835647951_121.jpg

5463258229866438300_121.jpg

5463258229866438299_121.jpg

5463258229866438307_121.jpg