Institutimiz doktoranti

Nargiza Turayeva ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida xizmat safarida bo‘ldi.

Ilmiy-tadqiqot davomida doktorant “Siyosiy qatag‘onlar muzeyi” hamda “Azret Sulton” davlat tarixiy-madaniy muzey-qo‘riqxonasi fondlarida saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, nodir eksponatlar va foto-negativlar bilan tanishib, ularni ilmiy jihatdan o‘rgandi.

 Tadqiqot materiallari doktorantning
“O‘zbekiston tarixi davlat muzeyidagi foto-negativlar kolleksiyasini tasniflash masalalari (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr)” mavzusidagi dissertatsiya ishi doirasida tahlil qilinib, qiyosiy-tarixiy ma’lumotlar bilan boyitildi.

 Tashrif davomida Qozog‘istonlik muzeyshunos va san’atshunos mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, muzey fondlarini o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha tajriba almashildi.

 Mazkur xalqaro ilmiy safar noyob foto-manbalarni tadqiq etish, ilmiy muomalaga kiritish hamda ikki mamlakatning mushtarak tarixiy-madaniy merosini chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

photo_2026-08-18_12-02-45 (3).jpg

 

photo_2026-08-18_12-02-45 (4).jpg

photo_2026-08-18_12-00-08.jpg