Bugun institutimizga O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi o'rinbosari Abrorxo'ja Turdaliyev tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlarni institut rektori Omonulla Salixov kutib olib, institut faoliyati hamda institutning ko'rgazmalar zali bilan tanishtirdi.
🤝 Tashrif doirasida ikki tomon rahbariyati o'rtasida rasmiy uchrashuv o'tkazilib, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ta'lim va amaliyot uyg‘unligini ta'minlash hamda istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama etildi. Bu borada kelgusidagi reja va aniq vazifalar belgilab olinib o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅ Mazkur hujjat iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi hamda iste'dodli talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.