Bugun"O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining 150 yilligi" munosabati bilan “Muzeyshunoslik XXI asrda: tadqiqotlar, an’analar va innovatsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda institutimiz rektori Omonulla Salixov ishtirok etib, ochilish marosimida nutq so'zladi.
Tadbirda mahalliy va xorijiy mutaxassislar, olimlar, muzey rahbarlari bilan bir qatorda institutimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Dilafruz Qurbonova, institut professor-o'qituvchilari, doktorantlar hamda talabar faol ishtirok etib, muzeyshunoslikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Xususan konferensiyada muzeylarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, muzeyshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari, tarixiy-madaniy merosni asrash va targ‘ib etish, shuningdek, muzey faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Institutimiz jamoasining mazkur konferensiyadagi ishtiroki muzeyshunoslik va madaniy meros yo‘nalishlarida ta’lim hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.