Majlis avvalida institut rektori Omonulla Salixov barcha Kengash a'zolarini mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi hamda an'anaga muvofiq yaqin kunlarda ilmiy unvon va daraja olgan o'qituvchilarga guvohnomalar topshirildi.
✅ Shundan so'ng Kengash majlisi kun tartibi doirasida:
💬 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan institutning bayram tadbirlari rejasini tasdiqlash;
💬 2026/2027 o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamalari va o‘quv jarayoni grafikini tasdiqlash;
💬 Institutda ishlab chiqilgan “O‘qishni ko‘chirilgan, qayta tiklangan hamda akademik mobillikdan qaytgan talabalarning o‘zlashtirgan kreditlarini tan olish va aniqlangan fanlar farqini topshirish tartibi” loyihasini tasdiqlash ;
💬 2026/2027 o‘quv yili uchun Maxsus komissiyasi tomonidan talabalarning ta’lim grantlarini qayta taqsimlangan natijalarini tasdiqlash;
💬 Institutning "Amaliy bezak san’ati kafedrasi"ni hamda "Badiiy kulolchilik va ta’mirlash kafedrasi" bilan birlashtirish;
💬"Ijtimoiy fanlar va informatika kafedrasi"ga biriktirilgan ijtimoiy fanlarni "O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi"ga o‘tkazish, kafedralar nomlarini o‘zgartirish;
💬 "Mahobatli rangtasvir kafedrasi" qoshida Tarixiy janr bo‘yicha ijodiy ustaxonani tashkil etish;
💬 Institutning “Insklyuziv ta’limni tashkil etish bo‘yicha 2026/2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ni tasdiqlash;
💬 Institutning 1-kurs tayanch doktoranti (PhD) M.Omonovani “Xitoy va xorij hamkorligida doktorantlarni tayyorlash” loyihasida ishtirok etish uchun Pekin universitetiga qisqa muddatli ta’lim olishga yuborish;
💬 Institut kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar nomzodlarini tanlovdan o‘tkazish hamda shu kabi turli muhim masalalar ko‘rib chiqildi.