Bugun institutimiz rektori Omonulla Salixov tomonidan fuqarolar murojaatlari qabuli o‘tkazilib, unda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va tashabbuslar atroflicha tinglanib, ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Qabul jarayonida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o'tamiz, institut rektorining navbatdagi fuqaro murojaatlari qabuli 2026-yil 17-noyabr kuni Soat 15:00 da institutning Ma’naviyat va ma’rifat xonasida bo‘lib o‘tadi. Fuqarolar, institut xodimlari va talabalar o'zlarining murojaat, taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etishlari mumkin!