Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Malayziyaning MARA texnologiya universiteti (UiTM) San'at, dizayn va media fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya ijodiy safar doirasida tashrif buyurdi.

💬 Tadbir davomida mehmonlar institutning ko'rgazma zali va o'quv auditoriyalari bilan tanishdilar.

🎓 UiTM San'at, dizayn va media fakulteti professor-o'qituvchilari hamda talabalari fotografiya, dizayn va san'at yo'nalishlari bo'yicha o'z bilim va tajribalarini o'rtoqlashdilar.

📸 Shuningdek, mehmonlar O'zbekistonning turli hududlarida suratga olgan fotosuratlarini namoyish etdilar.

✅ Bu kabi uchrashuvlar talabalarimiz uchun xalqaro tajriba almashish, yangi ijodiy g'oyalar va do'stona hamkorlik uchun muhim imkoniyat bo'lib xizmat qiladi.

 

photo_2026-08-27_20-11-30 (2).jpg

photo_2026-08-27_20-11-30 (4).jpg

photo_2026-08-27_20-11-30 (5).jpg

photo_2026-08-27_20-11-30.jpg

photo_2026-08-27_20-11-28.jpg