Uchrashuvga Temuriylar tarixi davlat muzeyining Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, katta ilmiy xodim, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shaxnoza Miraliyeva tashrif buyurdi.

💬 Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, bo‘lajak san’atshunoslar, muzeyshunoslar  ijtimoiy-madaniy merosimizning nodir sahifalarini qayta kashf etish imkoniga ega bo‘ldilar.

✅ Tadbir mehmon "Temuriylar tarixi davlat muzeyi"ning 30 yillik bosib o‘tgan yo‘li, uning tashkil topish jarayonlari va bugungi kunga qadar erishgan ilmiy-amaliy yutuqlari haqida batafsil to‘xtaldi. Ma’ruzada muzey fondida saqlanayotgan nodir eksponatlar, Temuriylar davri tasviriy va amaliy san’at namunalari, miniatyura maktabi an’analari hamda ushbu merosni xalqaro maydonda targ‘ib etish borasida olib borilayotgan zamonaviy tadqiqotlar haqida ma'lumot berildi.

💬 Shuningdek, muzeydagi bugungi zamonaviy ekspozitsion jarayonlar, eksponatlarni restavratsiya qilish va saqlash texnologiyalari hamda raqamlashtirish loyihalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. 

✅San’at va tariximizni tadqiq etayotgan talaba-yoshlar uchun mazkur muzey ulkan ilmiy va ijodiy laboratoriya vazifasini o‘tashi alohida ta’kidlandi. Bu kabi ilmiy va ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lajak ijodkor hamda san’atshunoslarning professional mahoratini oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

5258153750273138750_121.jpg

5258153750273138751_121.jpg

5258153750273138753_121.jpg

5258153750273138754_121.jpg

5262906947629947773_121.jpg