Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2026-yil 4-chorak uchun
mustaqil izlanuvchilikka (DSc) talabgorlarni saralash suhbati o‘tkazildi.
✅ Suhbat 17.00.05 — Dizayn nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha tashkil etilib, unda talabgorlarning ilmiy salohiyati, tadqiqot yo‘nalishlari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorgarligi atroflicha muhokama qilindi.
💬 Suhbat jarayoni tasdiqlangan komissiya tarkibi ishtirokida, belgilangan tartib va mezonlar asosida o‘tkazildi.
✅ Mazkur jarayon institutimizda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash hamda dizayn sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.