Institutimizning Tasviriy san’at fakulteti “Haykaltaroshlik” kafedrasi dotsenti Vasiliy Xapov tomonidan “Chizmatasvir” fanidan  “Libossiz o‘tirgan erkak qomati” mavzusida navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Ochiq dars mashg'ulotlarida institutimiz O’quv ishlari bo’yicha prorektor Jamshid Rashidov, Tasviriy san'at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyozov va "Haykaltaroshlik" kafedrasi mudiri Nodirbek Usmonov hamda institut o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Pedagog tomonidan mashg‘ulotda akademik chizmatasvirning murakkab va o‘ziga xos xususiyatlari, inson anatomiyasining nisbatlari, hajmdorlik hamda plastik yechimlarni to‘g‘ri aks ettirish masalalarida amaliy dars mashg'uloti o'tkazildi hamda  talabalarga inson qomatini tasvirlashda qalam tebranishi, yorug‘-soya munosabatlari va shakl plastikasini topish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

5348553285616477975_121.jpg

5350512108531032218_121.jpg