Bugun institutimizga Eron Islom Respublikasining "Orsham Collection" tashkiloti vakillari — libos gazlamalari bo‘yicha professor Hoda Hosseini hamda turizm va agroturizm sohasi mutaxassisi Majid Zamani tashrif buyurishdi. 

Mehmonlarni institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Dilafruz Qurbonova kutib oldi. Tashrif avvalida mehmonlar institut galereyasiga tashrif buyurib, unda O'zbekiston Xalq rassomi Rustam Xudayberganovning 80 yoshga to'lishi hamda 35 yillik pedagogik faoliyatiga bag'ishlangan «O'zimni izlab» nomli shaxsiy ko'rgazmasi bilan tanishdilar. 

Shundan so'ng, mehmonlar tomonidan institutimizning muzeyshunoslik va dizayn yo'nalishi talabalari uchun mahorat  darslari tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar bugungi dizaynerlik sohasi, matosozlik, paxtachilik, matolarga rang berish texnologiyalar haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

5353080516153909872_121.jpg

5353080516153909874_121.jpg

5353080516153909876_121.jpg

5353080516153909879_121.jpg

5353080516153909877_121.jpg

5353080516153909880_121.jpg