Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Otamurod Xolmirzayev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 Mehmonni institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilafruz Qurbonova kutib olib, institut faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va ko‘rgazmalar zali bilan tanishtirdi.

 Uchrashuv davomida badiiy ta’limining turli bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni oliy ta’limga yo‘naltirish, shuningdek, talabalar uchun amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Hamkorlikni amaliy jihatdan rivojlantirish maqsadida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolanib, memorandum doirasida institut talabalari amaliyotini mazkur maktabda tashkil etish, institut bitiruvchilarini mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, institut akademiklari hamda malakali professor-o‘qituvchilari ishtirokida maktab o‘quvchilari uchun mahorat darslarini tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ta’lim va o‘quv-uslubiy yo‘nalishlarda tajriba almashish hamda qo‘shma madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

 Bu kabi hamkorlik aloqalari badiiy ta’limida uzluksizlik va uzviylikni kuchaytirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda malakali kadrlar tayyorlash uchun yangi imkoniyatlarni yaratishga zamin bo'lib xizmat qiladi.

5249430968047707545_121.jpg

5249361290793262230_121.jpg

5249430968047707544_121.jpg