Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish hamda shaxmatga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida “Intellektual olimpiada” musobaqalarining shaxmat sport turi bo‘yicha saralash bosqichi tashkil etiladi.

Musobaqada yoshlar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etish, o‘zaro tajriba almashish hamda shaxmat sohasidagi mutaxassis bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Uchrashuvning faxriy mehmoni — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari Komil Sindorov.

  • Sana: 2026-yil 29-oktabr
  • Vaqt: soat 12:00

Barcha shaxmat ixlosmandlarini musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz!