Unda O'zbekiston tasviriy san'at galareyasi hamda institutimiz rahbariyati ko'rgazma haqida samimiy fikrlar bildirib, ko'rgazmani ochib berdilar.
Ko‘rgazmadan rassomning so‘nggi ikki yil davomida yaratgan asarlari o‘rin olgan. Ularda tarixiy me’morchilik, qadimiy shahar manzaralari va o‘tmish obrazlari o‘ziga xos rangtasvir uslubi va badiiy talqinda aks etgan.
Mazkur ko‘rgazma rassomning ijodiy faoliyati va san’at rivojiga qo‘shgan hissasining e’tirofi bo‘lib, 2026-yil 12-dekabrgacha davom etadi. Institut rahbariyati ustozni yubiley bilan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi!