Institutimizning San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti “Amaliy bezak san’ati va restavratsiya” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq ustasi Fasixitdin Dadamuxamedov tomonidan Toshkent shahridagi Humo Arena majmuasida bo‘lib o‘tgan “Global Jewelry Fair 2026” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “Loyihalash” fanidan “To‘g‘nag‘ichlarni loyihalash jarayonlari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ochiq dars mashg‘uloti davomida Toshkent zargarlik maktabining tarixi, uning o‘ziga xos uslubi, milliy zargarlik buyumlarida qo‘llaniladigan naqshlar va ularning badiiy xususiyatlari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur ochiq dars talabalarning zargarlik san’ati bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro ko‘rgazma maydonida sohaning zamonaviy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishishiga xizmat qildi.

photo_2026-10-27_18-23-41 (2).jpg

photo_2026-10-27_18-23-42.jpg

photo_2026-10-27_18-23-42 (2).jpg