Dastlab mehmon institutimiz galereyasi bilan tanishdi. Shundan so‘ng Tasviriy san’at fakultetida bo‘lib, teatr bezagi, miniatyura va haykaltaroshlik yo‘nalishlaridagi ijodiy jarayonlarni kuzatdi. Talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayoni bilan tanishib, ularga ijobiy baho berdi.

Tashrif doirasida ikki rahbariyat o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilinib, ikki tomon rahbariyati o‘rtasida kelishuv bitimi imzolandi.

Mazkur kelishuv bitimi ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar va ko‘rgazmalar tashkil etish, shuningdek, san’at va muzey ta’limi sohalarida tajriba almashishni rivojlantirishga xizmat qiladi.

photo_2026-10-28_16-24-34 (3).jpg

photo_2026-10-28_16-24-34 (4).jpg

photo_2026-10-28_16-24-35.jpg

photo_2026-10-28_16-24-35 (2).jpg

photo_2026-10-28_16-24-35 (3).jpg