Bugun poytaxtimizdagi Xalqaro forumlar saroyida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o'tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrik matnini Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Forum ishtirokchilariga o‘qib eshittirdi.
Nufuzli forumda Markaziy Osiyo davlatlarining ta’lim sohasi rahbarlari, xorijiy delegatsiyalar vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari qatorida institutimiz rahbariyati ham ishtirok etdi.
Forumda mintaqada ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur anjuman Markaziy Osiyoda ta’lim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlash, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda mintaqa oliy ta’lim tizimining xalqaro nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim muloqot maydoni bo‘ldi.