Tadbirda institutimizning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ravshan Yunusov hamda yurtimizning taniqli ijodkorlari va ziyolilari — elimiz ardoqlagan shoira Zebo Mirzo, publisist Risolatxon Haydarova va adabiyotshunos Adhambek Alimbekovlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat, ma’naviy tuyg‘ular haqida so‘z yuritildi. Ijodkorlar o‘z hayotiy va ijodiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdi, she’r va fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Bunday uchrashuvlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy yuksalish tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni kitobxonlik va ijodga rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutadi.