Bugun institutimizning Tasviriy san’at fakulteti “Chizmatasvir” kafedrasi o‘qituvchilari  Adibaxon Ravshanova hamda Nigora Nazirova tomonidan “Rangtasvir” fanidan “Gipsdan ishlangan o'simlik shaklining bir qismi (rozetka) ishtirokida natyurmort” mavzusida sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Sinov dars mashg‘ulotlarida fakultet dekani o'rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda professor-o'qituvchilar ishtirok etib, yosh o'qituvchilarning dars berish mahoratiga baho berishdi.

Mavzu doirasida talabalarga natyurmort ishlashning bosqichlari, shuningdek, akvarel yordamida natyurmortning soya –yorug‘, umumiy va detal qismlarini akademik rangtasvir qoidalariga muvofiq ishlash usullari haqida ko‘nikmalar berildi.

Bu kabi sinov darslarini tashkil etishdan asosiy maqsad, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, yosh pedagoglarning kasbiy va metodik tayyorgarligini takomillashtirish, ularning dars o‘tish mahoratini rivojlantirish hamda talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashdan iborat.

5373167644405604616_121.jpg

5373167644405604620_121.jpg

5373167644405604617_121.jpg