Institumizning barcha fakultetlari jamoalari  o‘rtasida "Intellektual olimpiada" hamda "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida "Zakovat" intelektual o'yinlarining navbatdagi bosqichi tashkil etildi.

Murosasiz va bilimlar bellashuvi tarzida o‘tgan turnirda  eng iqtidorli talabalardan tashkil topgan 10 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Mantiqiy, san’at va umumiy bilimlarga oid qiziqarli savollar jamoalarda nafaqat chuqur bilim, balki bir jamoa bo‘lib harakat qilish ko'nikmasini shakllantirdi.

Qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, eng bilimdon jamoalar saralandi:

  • 1-o‘rin: "Zukkolar" jamoasi 
  • 2-o‘rin: "Turkiylar" jamoasi 
  • 3-o‘rin: "Seylla" jamoasi

“Zakovat” intellektual o‘yinlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik va bilim olishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish, shuningdek, talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

5373029054400897609_121.jpg

5373029054400897610_121.jpg

5373029054400897612_121.jpg

5373029054400897616_121.jpg

5373029054400897613_121.jpg

5373029054400897614_121.jpg

5373029054400897615_121.jpg

5373029054400897617_121.jpg