Institutimizda xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida salomatlikni mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish hamda jamoaviy hamjihatlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan an’anaviy “Rektor kubogi” sport musobaqalarining final bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institutimiz rektori Omonulla Salixov ishtirok etib, ishtirokchilarni tabrikladi.

Murosasiz va qizg'in bahslarga boy o‘tgan musobaqalar davomida institut xodimlari sportning stol tennisi, mini-futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlari, chaqqonliklari hamda g‘alabaga bo‘lgan yuksak intilishlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko'ra, Stol tennisi musobaqasi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida:

  • 1-o'rin: Sattorov Abdumalik
  • 2-o'rin: Usmonov Anvar
  • 3-o'rin: Turobov Anvarmirzo

 Sportning Stol tennisi musobaqasi bo‘yicha Ayollar o‘rtasida:

  • 1-o'rin: Turg‘unova Fazilat
  • 2-o'rin: Xaitova Zilola
  • 3-o'rin: Abdumalikova Shahrizoda 

Sportning mini-futbol musobaqasi bo‘yicha:

  • 1-o'rin  "Registrator ofisi" jamoasi
  • 2-o'rin  "Buxgalteriya bo‘limi" jamoasi
  • 3-o'rin  "Dizayn fakulteti" jamoasi

 Sportning Voleybol musobaqasi bo‘yicha:

  • 1-o'rin: "Tasviriy san’at fakulteti" jamoasi
  • 2-o'rin: "San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti" jamoasi
  • 3-o'rin: "Registrator ofisi jamoasi" g'olibga aylandi. 

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar institut rahbariyati tomonidan kubok, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

5375280854214581656_121.jpg

5375419444219289174_121.jpg

5375419444219289192_121.jpg